2024 yil 1 noyabrdan boşlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan ötkaziş boşlangandi. Şuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan maşinalar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi ham joriy qilindi. Buning ortidan avtomobillarini poligonga olib kelganlar uzun navbatlarga röbaro‘ keldi va noroziliklar boşlandi. Ayni paytda ham yaqin kunlarga navbat olişning imkoni yöq.
Mazkur vaziyat korrupsiyaviy holatlarni yuzaga keltirayotgan bölişi mumkin. Inson xuquqlari “Ezgulik” jamiyati xodimi Xayrulla Qiliçevning e’tibor qaratişiça, navbatni bir neça oyga sakrab ötib ham sertifikat oliş “imkoniyati” topilgan.
“Fuqaro özining BYD Song avtomobilini sinovdan ötkaziş uçun elektron röyxatdan ötgan va 2025 yil 28 iyun soat 04:30 da navbati kelişi aniq körsatib qöyilgan. Maşinaga esa, 20 may kuni (navbati kelişidan 38 kun oldin) UzTest tomonidan sertifikat taqdim etilgan. Davlatning elektron xukumatiga işonib navbatini kutib ötirgan minglab odamlar “lox”mi yoki bunday muvaffaqiyat yölini topgan odamning şoxi bormi?” – deb yozdi Xayrulla Qiliçev.


Huquq faolining iddao qilişiça, navbatsiz sertifikat olişning qonunda közda tutilmagan yöli paydo bölgan bölişi mumkin.
“Tasdiqlanmagan ba’zi uzunquloq gaplarga qaraganda, navbatsiz sertifikat olişning oson yöli, 1000–1200 dollardan voz keçişni talab etarmiş. Agar şu gaplarda ozgina xaqiqat bölsa, Boş prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati bitta qöşma tadbir taşkil qilişi kerakka öxşayapti”, deya qöşimça qildi u.
Kun.uz'ning Texnik jihatdan tartibga soliş agentligidagi manbasi yuqoridagi holat haqiqatan ham bölganini tasdiqladi, ammo qöşimça izoh bera olmasligini bildirdi.
Ma’lumot uçun, UzTest’dan muvofiqlik sertifikati olmay turib, avtomobilni davlat röyxatiga qöyib bölmaydi.
Qisqarib ketgan avtomobil importi
2025 yilning ötgan davrida Özbekistonga avtomobil import qiliş qisqarib ketdi. Xususan, birinçi çorakda bu körsatkiç bir yil oldingiga qaraganda 3 barobarga kamaygan.

















