“Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinçi bor yuz berişi, lekin biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati oğir kunlarni boşdan keçirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir neça bor xabar qilganmiz.
Şu munosabat bilan, UzAuto Motors AJ rahbariyati va jamoasi öz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uçun çeksiz uzr söraydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uçun qayğurib, qabul qilingan qarori yagona töğri qaror ekanligiga işonadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, mijozlar murojaatidan keyin 3 kun içida tuzilgan şartnomalar böyiça tölangan barça mablağlar töliq qaytariladi. Şuningdek, kompaniya qöşimça ravişda oldindan tölov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi.
Bundan taşqari, yangi krossover sotib oliş ehtiyojida bölgan xaridorlar öz xohişiga köra, Captiva 5 avtomobili örniga Equinox yoki Tracker modellarini xarid qilişi mumkinligi aytilgan. Almaştirilgan avtomobillarni yetkazib beriş muddati Captiva 5 uçun tuzilgan şartnomalarga muvofiq, 2022 yil yanvar oyidan keçiktirilmagan holda amalga oşiriladi.
Şuningdek, xaridorlarga yuqorida körsatilgan muddat asosida Captiva 5 avtomobili örniga Malibu, Cobalt yoki Trailblazer avtomobillarini xarid qiliş imkoniyatini körib çiqiş taklif etiladi, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, UzAuto Motors kompaniyasining dilerlik punktlari yangilangan Chevrolet Captiva avtomobili uçun tuzilgan şartnomalarni bekor qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Telegramdagi Kurbanoff.net kanali muallifiga murojaat qilgan avtomaşina xaridorining hikoya qilişiça, unga avtosalondan qönğiroq qilib, yangi Captiva yetkazib berilmasligini ma'lum qilişgan. Buni yangi maşina mintaqaga töğri kelmasligi bilan izohlaşgan.

















