Bloomberg agentligi juma kuni öz veb-saytida «Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi» sarlavhali xabar e’lon qildi, keyin xatoni tan oldi va xabarni olib taşladi.

«Biz turli ssenariylar uçun sarlavhalar tayyorlayapmiz va «Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi» sarlavhasi tasodifan soat 16:00 larda (Toşkent vaqti bilan taxminan yarim tunda) saytimizga joylaştirildi. Biz bu xatodan çuqur afsusdamiz», — deyilgan şanba kuni agentlik saytida e’lon qilingan xabarda.

Ta’kidlanişiça, agentlik rahbariyati hodisa sabablarini aniqlamoqda. 

Sönggi paytlarda ğarb davlatlarida Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirişi mumkinligi haqida bayonotlar yangramoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni böş va keskinlikning asossiz kuçaytirilişi deb atadi hamda Ukraina janubi-şarqidagi inqirozni kuç bilan hal qilişga urinişlar eng jiddiy oqibatlarga olib kelişi töğrisida ogohlantirdi.