“Jinoyat kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha orqali ayblanuvçi firibgarlik, ya’ni aldaş yoki işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan özganing mulkini yoki özganing mulkiga bölgan huquqni qölga kiritiş maqsadida bir qança usullardan foydalanib (soxtalaştiriş, pora berişga da’vat qiliş) sodir etgani holati bir neçta jinoyat sifatida baholaş amaliyoti bekor qilinib, mazkur qilmişga bir jinoyat sifatida baho beriladi.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ga bir qança özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda:
- ikkinçi qismi v) bandini «telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek Internet jahon axborot tarmoğidan yoki elektron tölov vositalaridan foydalanib» mazmunida bayon etiş;
- ikkinçi qismini «hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilaştirib yoki ularning qalbaki ekanligini bila turib, foydalanib» mazmunidagi g) band bilan töldiriş;
- uçinçi qismini «mansab soxtakorligi yöli bilan» mazmunidagi g) band bilan töldiriş;
- törtinçi qismini «pora berişga dalolat etgan holda» mazmunidagi g) band bilan töldiriş;
- beşinçi qismini “qöllanilmaydi” degan sözdan keyin “bundan pora berişga dalolat etgan holda sodir etilgan hollar mustasno” degan sözlar bilan töldiriş;
- bildirilişiça, loyiha orqali - hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilaştirib yoki ularning qalbaki ekanligini bila turib, foydalanib, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek internetdan yoki elektron tölov vositalaridan foydalanib, mansab soxtakorligi yöli bilan hamda pora berişga dalolat etgan holda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari (oğirlaştiruvçi holatda) bir jinoyat sifatida baholanib, jinoyatlar sun’iy oşirib körsatilişi oldi olinadi.











