Keça, 8 fevral kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida”gi qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilindi.
Ma’lum qilinişiça, Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan uşbu qonun davlat organlari tomonidan fuqarolarga va tadbirkorlarga nisbatan qaror qabul qilişning yagona huquqiy standartlarini belgilaşi hamda ma’muriy jarayonlarni birxillaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Qonun ma’muriy aktlarni qabul qiliş, özgartiriş, ijro etiş va bekor qilişga qaratilgan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Yangi qonun bilan fuqarolar huquqlarining işonçli himoya qilinişini ta’minlaş maqsadida bir qança normalar kiritilmoqda:
- mansabdor şaxslarga özboşimçalik bilan qaror qabul qilişni taqiqlaş;
- qonun hujjatlarida mavjud bölgan huquqni qöllaşning rad etilişiga yöl qöymaslik, vakolatni suiiste’mol qilmaslik kabi yangi prinsiplar;
- fuqaro manfaatiga salbiy ta’sir körsatadigan qaror qabul qilinadigan bölsa, uşbu qaror qabul qilinişidan oldin fuqaro(lar)ning fikri eşitilişi şartligi;
- ma’muriy organlar noqonuniy ma’muriy aktlar bilan manfaatdor şaxslarga yetkazilgan zarar uçun qonunda belgilangan tartibda javobgar bölişi;
- ma’muriy şikoyat böyiça qaror – uni bergan manfaatdor şaxsning ahvolini şikoyat qilingan ma’muriy aktga nisbatan yomonlaştirişi mumkin emasligi;
- ma’muriy organ tomonidan yöl qöyilgan xato aholi uçun nomaqbul oqibatlarni keltirib çiqarmasligi kerakligi belgilanmoqda.
Quyi palata tomonidan qabul qilingan uşbu qonun 10 kun muddat içida Oliy Majlis Senatiga yuboriladi. Hujjat Senat tasdiğidan ötib, prezident tomonidan imzolangaç, kuçga kiradi.












