Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkaziş maqsadida Rossiyaga kelganida koronavirus uçun PsR test topşirişdan boş tortgan. Şu sabab ular örtasida masofa saqlangan, deya xabar bermoqda Reuters agentligi Fransiya prezidentiga yaqin ikki manbaga tayangan holda.
Şuning uçun ham prezidentlar muzokaralar çoğida tört metrli stol atrofida ötirişgan.
Manbalarga köra, Makronga tanlov taklif qilingan: testdan ötiş va Putin bilan yaqinroq masofada gaplaşiş yoki rad etiş va oraliq masofani saqlaş.
«Xavfsizlik nuqtayi nazaridan rus şifokorlariga prezidentning DNKsini olişga ruxsat bera olmasdik», — deya ta’kidlagan Reuters suhbatdoşlaridan biri.
Fransiya tomonining ma’lum qilişiça, Makron Rossiyaga uçişdan oldin PsR testidan ötgan, şuningdek, Moskvaga yetib kelganidan söng antigen test ham topşirgan. Bu uning şaxsiy şifokori tomonidan amalga oşirilgan.
Avvalroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentlar orasidagi masofani koronavirusga qarşi çoralar bilan boğlab, «faqat epidemiologik çoralar», deya izoh bergandi.
Ma’lumot uçun, 7 fevral kuni Kremlda Rossiya va Fransiya prezidentlari örtasida muzokaralar jarayoni bölib ötdi. Ular qariyb olti soat davomida Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilişgan.












