“Sangzor-15” yöl-patrul xizmati maskanida Jizzax viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlaş bölinmasi xodimlari tomonidan Zomin yönalişi böyiça harakatlanayotgan Nexia maşinasi töxtatilgan. Tekşiruv çoğida maşina yukxonasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravişda olib ketilayotgan 165 kilogramm göşt mahsuloti borligi aniqlangan.

Haydovçi uşbu göşt mahsulotlariga oid hujjatlarni taqdim eta olmagani bois u holat rasmiylaştirilgan. Dastlabki suriştiruvda, göşt Daştobod şahar markaziy dehqon bozorida sotiş uçun olib ketilayotgani ma’lum bölgan.

Xuddi şunday, Jizzax şahrining Olmazor mahallasida yaşovçi fuqaro Matiz maşinasida 184 kilogramm göşt mahsulotini veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravişda olib ketayotganda töxtatilgan.

Qayd etilişiça, göşt mahsulotlari vaqtinça saqlaş uçun muzxonaga joylaştirilgan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.