Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksey Danilov hozirda Rossiya keng kölamda Ukraina hududiga bostirib kirişining heç qanday belgisi yöqligini aytdi.

"Mamlakatimiz hududida mavjud xatarlarni anglab turibmiz, ammo vaziyat mutlaqo nazorat ostida. Buning ustiga, bugungi kunda Rossiya 16- yoki 17-sanada keng miqyosda hujum boşlaşi belgisini körmayapmiz. Biz buni kutmayapmiz, buni körmayapmiz", - dedi Danilov.

U Ukraina razvedkasi Ğarb aytayotgan Rossiyaning "yaqin vaqt" içida hujum qilişini körmayotganini aytdi.

Danilovning qöşimça qilişiça, Ukraina öz havo hududini yopmoqçi emas, çunki bunga asos yöq.

"Samolyotlarga kelsak, bu mavzuga nuqta qöyamiz. Osmonimizni yopmaymiz va yopişni möljallamayapmiz va bunga heç qanday asos yöq", - dedi u.