18 va 25 fevral kunlari Rossiyadan Özbekistonga maxsus yölovçi poyezdi qatnovi amalga oşiriladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Rossiyadagi özbekistonliklarga mamlakatga kelişi uçun qulaylik yaratiş maqsadida joriy yil fevral oyida “Özbekiston temir yöllari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toşkent” yönalişida 483-sonli maxsus yölovçi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oşiriladi.
Uşbu poyezdlar 2022 yil 18 va 25 fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yöl vokzalidan harakatini amalga oşiradi.
Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toşkent” yönalişiga çiptalar sotiladi. Çiptalarni elektron tarzda ham sotiş yölga qöyilgan.
Rossiyadagi özbekistonliklarning yaqinlari Özbekistonda turib, ularning şaxsini tasdiqlovçi hujjatining nusxasi bilan “Özbekiston temir yöllari” AJ veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz’dan çiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jönatişi ham mumkin.












