AQŞning Moskvadagi elçixonasi diplomatik vakolatxona saytida Qöşma Ştatlar fuqarolari uçun Moskva va Sankt-Peterburgdagi jamoat joylarida, şuningdek, Rossiya va Ukraina çegarasidagi hududlarda terrorçilik hujumlari sodir etilişi ehtimoli haqida ogohlantiriş e’lon qildi.

«OAV ma’lumotlariga köra, yirik şaharlarda, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi savdo markazlari, temiryöl va metro bekatlari hamda odamlar gavjum bölgan boşqa joylarda, Rossiyaning Ukraina bilan çegarasi böylab joylaşgan hududlarida hujumlar xavfi bor», — deyiladi matnda. 

Şu bilan birga, elçixona Rossiyada teraktlar sodir etilişi ehtimoli haqida xulosalar çiqarilgan aniq xabarlarga havola bermagan.

Diplomatik vakolatxona amerikaliklarga xalqaro ommaviy axborot vositalaridagi yangiliklarni kuzatişni, odamlar gavjum joylarga bormaslikni, döstlari va oila a’zolarini xavfsiz holatda ekani haqida xabardor qilişni, begonalar bilan aloqaga kirmaslikni, «turistik joylar va ğarbdan kelganlar taşrif buyuradigan yerlarda ehtiyot bölişni» tavsiya qildi. 

Elçixona, şuningdek, amerikaliklarga «AQŞ hukumati yordamini nazarda tutmaydigan» evakuatsiya rejasini tayyorlaşni tavsiya etdi.