Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonga taşrifining ikkinçi kunida Nukus şahrida iş boşlagan plastik eşik va romlar korxonasini borib kördi.

Bu loyiha uçun Jana bazar mahallasi hududidan 4 gektar yer ajratilib, 2 million dollarlik quriliş işlari amalga oşirilgan. Zamonaviy asbob-uskunalar örnatilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan. Korxona jami 270 ming kvadrat metr eşik va deraza romlari tayyorlaş quvvatiga ega. Bu yerda 230 kişi iş bilan ta’minlandi. Ularning köpçiligi yoşlar.

Davlat rahbari korxonaning iş jarayoni, mahsulotlarini közdan keçirdi.

Nukus şahriga Toşkent şahar hokimligi biriktirilgan. Hududning drayveri — oziq-ovqat va quriliş materiallari sanoati, turizm. Şu asosda Nukus şahrini 2022 yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi işlab çiqilgan. Unga köra, umumiy qiymati 1 trillion 361 milliard sömlik 10 loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Buning natijasida qöşimça 3 mingta iş örni yaratiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Jyeke terek mahallasidagi yangi turar joy majmuasi qurilişi maydonida ham böldi. Bu yerda 5 ta 16 qavatli uy barpo etiş möljallangan. Ularning bittasi hozir qurilmoqda.

Bu majmua yangi turdagi quriliş konstruksiyasi asosida tiklanadi. Taşqi devorlar uç qoplamali bölib, xonadonlarning qişda iliq, yozda salqin turişini ta’minlaydi. Uylar zamonaviy jihozlanib, tayyor holda topşiriladi.