«Tolibon» harakati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga munosabat bildirib, tomonlarni muloqot va tinç yöl bilan mojaroni hal qilişga çaqirdi. Bayonotda biror marta Rossiya sözi işlatilmagan, Ukraina sözini faqat sarlavhada uçratiş mumkin.

«Afğoniston islom amirligi Ukrainadagi voqealarni diqqat bilan kuzatyapti va tinç aholi vakillari orasida qurbonlar bölişi mumkinligidan xavotirda. Islom amirligi tomonlarni zöravonlikni kuçaytirişi mumkin bölgan harakatlardan tiyilişga çaqiradi.

Afğoniston islom amirligi özi amal qiladigan neytrallik siyosatidan kelib çiqqan holda har ikki tomonni mojaroni muloqot va tinç yöl bilan hal qilişga çaqiradi. Tomonlardan Ukrainadagi afğon muhojirlari va talabalarining hayotini saqlaşni söraymiz», deyilgan «Tolibon» harakati bayonotida.

Harakatning Afğoniston islom amirligi nomidan bergan bayonoti «Tolibon» rasmiy vakili Abdul Qahhor Balxiyning Twitter'dagi sahifasida e’lon qilindi.

Ayni damda Ukrainada qança afğonistonlik borligi ma’lum emas, ammo onlayn platformalarda Ukraina oliygohlarida afğon talabalari uçun 149 ta grant borligini köriş mumkin.

Ma’lumot uçun, köplab davlatlarda, xususan Rossiyada terrorçi taşkilot deb tan olingan «Tolibon» 2021 yil avgust oyida amerikalik harbiylar mamlakatni tark etgaç, qisqa muddat içida Afğonistonni egallagandi. Muvaqqat hukumat tuzgan harakat mamlakat nomini Afğoniston islom amirligi deb özgartirdi.

Rossiya 24 feral kuni Ukrainaga bostirib kirdi. Ayni damda poytaxt Kiyevni egallab oliş uçun harakatlar davom etmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning asosiy maqsadi özini öldiriş ekanini aytdi. Oldinroq rossiyalik va özbekistonlik ziyolilar Ukrainaga qarşi uruşni töxtatişni sörab çiqqandi.