Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan birinçi kunda 137 nafar ukrainalik halok bölgan, 316 kişi yaralangan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Oldinroq Ukraina Soğliqni saqlaş vazirligi 57 kişi halok bölganini xabar qilgandi. Keyinçalik yana 13 nafar ukrainalik çegaraçi qurbon bölgani ma’lum böldi. Zelenskiy esa kun yakuni böyiça ötkazilgan çiqişida qurbonlarning umumiy soni 137 nafar bölganini aytdi.

«Rossiya Ukrainaning barça hududlariga zarba berdi. Birinçi kunda 137 nafar qahramonlarimiz halok böldi», dedi Ukraina prezidenti.

Ukraina soğliqni saqlaş vaziri Viktor Lyaşkoning aytişiça, rossiyalik harbiylar mamlakatdagi kasalxonalarga zarba bergan, bu esa Jyeneva konvensiyasiga zid.

«Bosqinçilar xalqaro huquqqa qarşi borgan holda kasalxonalarga zarba bermoqda. Şifokorlar uruşda ölib ketişi emas, bemorlarning hayotini saqlab qolişi kerak. Kasalxonalar, tez yordam bölinmalari töliq kuç bilan işlamoqda. Jasur şifokorlarimiz bilan faxrlanaman. Biz albatta ğalaba qozonamiz. Ukraina, şifokorlar sen bilan», deb yozgan Viktor Lyaşko öz sahifasida.

Tunga borib Ukraina içki işlar vaziri Anton Geraşenko Zmeiniy orolidagi janglarda 13 nafar ukrainalik harbiy halok bölganini xabar qildi. Bu Soğliqni saqlaş vazirligining 57 kişi ölgani haqidagi statistikasiga kiritilganmi yöqmi – aniq emas. Içki işlar vazirining aytişiça, Rossiya kemasi ukrainalik harbiylarga taslim bölişni aytgan, ammo ular jang qilgan. Oqibatda 13 nafar Ukraina askari qurbon bölgan.