Xalqaro Olimpiya Qömitasi ijroqömi barça sport federatsiyalari va sport musobaqalari taşkilotçilariga rossiyalik va belaruslik sportçilar hamda rasmiylarni xalqaro turnirlardagi iştirokiga ruxsat bermaslikni tavsiya qildi.
«Yirik turnirlarning haqqoniy ötişi va xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida Xalqaro Olimpiya Qömitasi sport assotsiatsiyalari va katta turnirlar taşkilotçilaridan Rossiya va Belarus nomidan iştirok etadigan sportçilar hamda rasmiylarni musobaqalarga taklif etmaslik, ularni iştirokiga ruxsat bermaslikni tavsiya etdi. Rossiya yoki belaruslik sportçilar hamda rasmiylar faqatgina neyral sportçi yoki neytral jamoa sifatida röyxatdan ötgan taqdirda, ularning iştirokiga ruxsat beriladi», - deyiladi XOQ rasmiy xabarida.
Eslatib ötamiz, Rossiya milliy jamoalari sönggi Olimpiya öyinlarida Rossiya sport qömitasi sifatida qatnaşgandilar.












