NATOning heç bir a’zosi Rossiya bilan töqnaşuv ehtimolini körib çiqmayapti. Bu haqda Britaniya hukumati rahbari Boris Jonson NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg va Estoniya boş vaziri Kaya Kallas bilan birgalikda ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"NATOning har qanday a’zosi uçun Rossiya bilan harbiy töqnaşuvda iştirok etiş heç bir a’zo davlat tomonidan körib çiqilmayotgan ulkan qadam hisoblanadi. Bunday narsaga rozilik oliş uçun parlament yoki mamlakat xalqining roziligini olişga töğri kelgan bölardi. Bu körib çiqilmayapti, şu bilan birga Ukrainani gumanitar va logistik qöllab-quvvatlaş, mudofaa qurollarini yetkazib beriş körib çiqilmoqda", - dedi Jonson.
Uning ta’kidlaşiça, Buyuk Britaniya Ukrainaga köngillilarni jönatişni qöllab-quvvatlayotgani yoki rağbatlantirayotgani töğrisida gapiriş notöğri.
"Birlaşgan Qirollik bunday iş bilan şuğullanmayapti", - dedi u.
Estoniyada Britaniya harbiylari sonining köpaytirilişi haqida gapirarkan, Jonson bu Londonning Moskva bilan oçiq töqnaşuvga tayyorligini bildirmasligini ta’kidladi.
"Gap faqat mudofaa tusidagi çoralar töğrisida bormoqda. Bu aniq-tiniq yangraşini istayman: biz Ukrainadagi Rossiya kuçlari bilan jang qiliş niyatida emasmiz va bizning mamlakatlarimiz jönatayotgan kuçlar qat’iyan NATOga a’zo davlatlar çegarasida joylaştiriladi. Bu biz qilişimiz mumkin bölgan eng töğri iş", - dedi u.
Rossiyani BMT Xavfsizlik kengaşidan çiqariş ehtimoli töğrisidagi savolga javob berarkan, Jonson buning uçun Rossiyaning özining roziligi kerak bölişini aytdi.













