Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali qilgan muloqotidan söng Ukrainadagi vaziyat yanada yomonlaşişi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.
"Prezident eng yomoni hali oldinda degan fikrda, Putinning sözlari heç qanday umid bermadi", - degan Makron ma’muriyati vakili.
Kreml matbuot xizmatining xabariga köra, Putin Makron bilan suhbat çoğida Kiyevning davlat siyosatida neonatsistlarning roli katta ekanligini bildirgan.
Putin “Donbassni himoya qiliş operatsiyasi davomida Rossiya harbiy jinoyatlar sodir etayotgan millatçi qurolli tuzilmalarga qarşi murosasiz kuraşni davom ettirişi”ni bildirgan.
Şuningdek, "maxsus harbiy operatsiya vazifasi har qanday holatda bajarilişi”ni ta’kidlagan.
Bu bir hafta içida Putin va Makron örtasidagi uçinçi muloqot böldi.













