Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 5 mart kuni tongda esgan kuçli şamol natijasida ayrim viloyatlardagi binolarning tom qismi yerga tuşgan.  

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Foto: Kattaqörğon şahar hokimligi

Jumladan:

  • Soat 05:30da Samarqand viloyati Kattaqörğon şahar “Vatanparvar” MFYda joylaşgan törtta köp qavatli uyning taxminan 120 metr kvadrat, Özbekiston köçasida joylaşgan stomatologiya binosining 100 metr kvadrat, “Döstlik” MFYda joylaşgan köp qavatli uyning 250-300 metr kvadrat;
Foto: Kattaqörğon şahar hokimligi
  •  Soat 08:10da Nukus şahar A.Dösnazarov köçasida joylaşgan uyning 350 metr kvadrat;
  • Qarşi şahri 8 mitti tuman A.Navoiy köçasida joylaşgan uyning 100 metr kvadrat maydonida tom qismlarini şamol uçirgan.

Qayd etilişiça, voqea joylariga FVVning hududiy boşqarmalari rahbariyati va qutqaruv bölinmalari jalb etilib, kuçli şamol talafotlarini bartaraf etiş işlari olib borilgan. Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.

Kattaqörğon şahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, kuçli şamol Madaniyat va istirohat boğidagi “Madaniyat markazi” hamda Gözalkent mahallasidagi turar joy binolarining tomini ham uçirgan. Oqibatda köçalarda turgan maşinalar yengil şikastlangan.

Foto: Kattaqörğon şahar hokimligi
Foto: Kattaqörğon şahar hokimligi

Avvalroq Qaşqadaryo viloyatida sodir bölgan kuçli şamol yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoği ustunini yiqitgan va Qarşi şahridagi bozor tomini uçirgandi.