Rossiya hukumatining Il-96-300 maxsus borti Vaşingtondan persona non grata deb e’lon qilingan rossiyalik diplomatlarni olib keladi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
"Rossiya" kompaniyasining Piterdan Vaşingtonga parvoz qilgan "noma’lum borti"ni axborot fronti jangçilari "ruslarning qoçişi" va "Moskvaning amerikaliklar bilan muloqotga urinişi" deb xabar qildi. Hafsalangizni pir qilmoqçiman. Bu samolyotda AQŞ hukumati persona non grata deb e’lon qilgan rossiyalik diplomatlar vatanga qaytadi”, - dedi u.
Avvalroq Rossiya hukumatiga qaraşli Il-96-300 samolyoti Sankt-Peterburgdan AQŞga parvoz qilgani aytilgandi.
“Rossiya” maxsus parvoz otryadining Il-96-300 samolyoti Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boşqa yuqori lavozimdagi amaldorlarga xizmat körsatadi.













