Mana, Xayrullo aka ayni paytda öz xonadonida xorijdan keltirilgan zotdor eçkilarni parvarişlab, aholini qişin-yozin şifobaxş sut-qatiq bilan ta’minlayapti.

«Özbekistonga qaytganimdan keyin 2010 yildan beri mana şu uyimda eçkiçilik bilan şuğullanyapman.

Uyimizda hozirda naslli eçkining 4-5 xil turi bor. Anglonobinskiy, rus eçkisi, Zarin eçki, Alpinskiy, Takumburskiy kabi eçkilarimiz yaxşi nasl berayotgan zotlardir.

Eçkilar nasliga qarab, har xil miqdorda sut beradi. Rus eçkilari bir kunda 2 litrdan 5 litrgaça sut beradi. Xöjaligimizdagi eçkilarimiz «rekordçilari» 7-8 litrgaça sut beradi», – deydi Xayrullo aka.

Yem-xaşak, ozuqa muammosi sabab hozirda xöjalikda möljaldagidan biroz kamroq — 25 boş eçki parvariş qilinmoqda.

«Qiş kunida eçkilarimizni kamaytirib turibmiz. Odatda boşqa fasllarda 50-60 boş eçki boqamiz. Eçkilar orasida Ispaniyadan keltirilgani ham bor. Qöylarimiz ham Ispaniyadan kirib keldi. Qolgan eçkilar Rossiyadan kelgan. Ular yangi nasllar hisoblanadi», – deydi u.

Parvariş qilinayotgan eçkilarning mahalliy eçkilardan farqi borasida töxtalar ekan, fermer xorijdan keltirilgan zotdor eçkilar sutida yoğlilik darajasi 3-4 barobar yuqori ekanini qayd etdi.

«Çet eçkilari sutining yoğlilik darajasi 3-4 barobar kuçli. Sut tarkibi örganilganda unda protein miqdori 4,5 foizgaça boradi. Bu sut yoğli va mazali böladi, deganidir. Yoğlilik darajasi nihoyatda kuçli. Şunisi bilan farq qiladi.

Bundan taşqari, eçkilarning tuzilişi ham, ranglari ham turfa xil. Butun Yevropa mana şunday nasl tarqatyapti. Aynan mana şu nasldan bola olyapti. Biz ham şuni havas qilib boşlaganmiz», – deydi u.

Xayrullo aka naslli eçkilarning har bir boşini 500 dollardan bir yarim ming dollargaça sotib olar ekan.

«Eçkilar hozirda asosan Rossiya, Qirğizistondan keltirilyapti. Ular zotiga qarab 500 dollardan 1 yarim ming dollargaça bölgan narxda kelyapti. Özbekistonda mavjud bölmagan eçki zotining narxi 1 yarim ming dollargaça turadi. Turgan joyda şunday narxda belgilanadi», – deydi u.

Hozirda bu xonadonda 5 xil turdagi eçki parvariş qilinyapti. Soğib olingan sutning litri 15 mingdan 20 ming sömgaça sotilar ekan.

«Eçki sutlari litri 15-20 minggaça sotilyapti. Xöjaligimizda yetiştirilgan sutlarni asosan bemor mijozlarga arzonroq sotamiz. Yoz kunida sutimiz köpayib ketadi. Açib qolmasligi uçun arzon sotamiz», – deydi Xayrullo Akramov biz bilan suhbatda.

Hozirça mahalliy aholi eçki göşti iste’moliga köp ham könikmagan. Şu sababli faqat uning suti sotuvga çiqarilmoqda.

«Eçki göştiga odamlarning immuniteti örganmagan. Özim körganim – Koreya Respublikasida supermarketlarga kirsangiz, u yerda albatta eçki göşti ham böladi. Eçki göştini maqtab iste’mol qilişadi. Eçki göştidan taom tayyorlanadigan maxsus oşxonalar ham bor. Oşxonalarida eçki göştidan tayyorlangan yeguliklar sotiladi», — deydi Xayrullo aka.

Albatta, xonaki çorvaçilikning yangi sohasi endi-endi ommalaşmoqda. Eçkining nafaqat suti, göşti, juni, terisidan ham daromad topiş mumkin. Fermer kelgusida bu yönalişlarda ham tadbirkorlikni rivojlantirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.

Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.