Viloyat hokimi qarori bilan Zebiniso Rahmonova Samarqand viloyati hokimining örinbosari – oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Zebiniso Rahmonova 1969 yil Samarqand viloyatida tuğilgan, 1991 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Z. Rahmonova biologiya fanlari nomzodi, dotsent. U Samarqand davlat universitetining pedagogika fakulteti dekani lavozimida işlagan.
Oliy va örta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 18 maydagi buyruği bilan Samarqand davlat universitetining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uçun, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovning hozirgi vaqtda 9 nafar örinbosari bor.
Ular:
- Jamşid Öroqov – viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği;
- Akmal Şukurov – viloyat hokimining kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari;
- Oybek Xöjayev – viloyat hokimining örinbosari - viloyat investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği;
- Feruz Obilov – viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari;
- Rustam Qobilov – viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari – Turizm va sport boş boşqarmasi boşliği;
- Xurşid Oçilov – viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari;
- Dilşod Mamatqulov – viloyat hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan işlaş böyiça örinbosari;
- Isroil Jabborov – viloyat hokimining örinbosari – mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği;
- Jamşid Haydarov – viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari.












