“Men nima uçun qömitaning özida kelib yiğiliş qilyapman? Çunki administratsiyada ötkazsak, rais va ikki örinbosari borardi. Lekin boşqa yetakçi xodimlar maqsadimizni tuşunmay qolişi mumkin edi. Maqsadimiz nima – soliq tizimini şaffof qiliş, raqamlaştiriş, tadbirkorlarga qöşimça imkoniyatlar yaratiş”, dedi prezident. 

Qayd etilişiça, 2017 yilda 31 trln söm soliq tuşumi bölgan bölsa, 2021 yil 128 trln söm tuşum bilan yakunlangan. 

“Şu bilan birga, 5 yil oldin 13 ta soliq turi bölgan bölsa, bugungi kunda 9 ta soliq turi undirilyapti. Soliq yuki bugungi kunda 28 foiz bölsa, şuni 25 foizga tuşirişimiz kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.