“Yana bir masala – an’anaviy tibbiyot bilan birga, xalq tabobatini rivojlantirişga ham jiddiy e’tibor qaratamiz. Bir narsani yaxşi tuşunişimiz lozim. Xalq tabobatining ustunligi – kasalliklarni davolaşda kimyoviy qöşimçalari bölmagan, tabiiy dorivor giyohlarni keng qöllaşdir.
Mamlakatimizda bunday dorivor ösimliklarning 577 ta turi aniqlangan bölib, ularni tabiblarimiz asrlar davomida qöllab kelgan va samarasini amalda isbotlab bergan. Xalq tabobatining sinalgan usullarini zamonaviy tibbiyotga integratsiya qiliş orqali davolaş tizimi natijadorligini yanada oşiriş mumkin.
Şu bois, 2022 yilda:
- samarasi isbotlangan dorivor ösimliklar tibbiy yordam körsatiş standartlari va protokollariga bosqiçma-bosqiç kiritiladi;
- barça tibbiyot oliygohlari va texnikumlarda, hududiy Xalq tabobati markazlarida soha uçun mutaxassislar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi joriy qilinadi;
- barça hududlarda Ibn Sino markazlari taşkil etilib, ular tomonidan maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda xalq tabobati va soğlom turmuş tarzini öqitiş yölga qöyiladi;
- har bir poliklinikada xalq tabobati xonalari, fitobarlar taşkil etiladi;
- dorixonalarda dorivor vositalar burçagi bölişi, litsenziya talabi sifatida kiritiladi;
- Tibbiyot akademiyasining klinikasi qoşida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 örinli davolaş bölimi va hududlarda filiallari iş boşlaydi.
Şu örinda, yana bir fikrni aytib ötiş joiz. Biz, jamiyatimizda zamonaviy meditsina va xalq tabobati bir-biriga raqobatçi yoki duşman emas, balki, yaqin hamkor degan muhim tuşunçani şakllantirişimiz kerak.
Bizda qançadan qança maşhur tabiblar dunyodan ötib ketyapti. Afsuski, ular bilan birga ilmi va tajribasi ham yöqolib ketyapti. Şu bois, xalq tabobatini keng tarğib qiliş, “Ibn Sino merosining bilimdonlari” tanlovlarini ötkaziş maqsadga muvofiq”, dedi prezident.












