Oq uy matbuot xizmati AQŞ prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Jinping bilan qariyb ikki soat davom etgan muloqotining ayrim tafsilotlarini oçiqladi.
Xususan, CNN telekanali onlaynida xabar qilişiça, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki jurnalistlarga şunday degan: «Prezident agar Xitoy Ukraina şaharlariga va tinç aholiga şafqatsiz hujum qilayotgan Rossiyaga moddiy yordam körsatsa, oqibatlari qanday bölişi haqida batafsil gapirdi. Bunga guvoh bölamiz, butun dunyo guvoh böladi».
«Prezident [Bayden] inqirozni diplomatik yöl bilan hal etiş tarafdori ekanini qayd etdi. Ikki yetakçi ham mamlakatlarimiz örtasidagi raqobatni boşqariş uçun oçiq aloqa liniyalarini qöllab-quvvatlaş muhimligi haqida kelişib olişdi», degan u yana.
Psakining qöşimça qilişiça, Bayden Si Jinpingdan Rossiyaning sörovini rad etişini söramagan. «Xitoy tarix darsliklariga qanday kirişi böyiça qarorni özi qabul qilişi kerak», — degan Psaki.
Associated Press agentligi xabarida aytilişiça, Bayden Si Jinpingni kiritilgan sanksiyalar tufayli Rossiyaga harbiy yoki iqtisodiy yordam körsatişdan tiyilişga çaqirgan.
Reuters agentligi qayd etişiça, suhbat çoğida Si Jinping Baydenga Xitoy Ukrainadagi uruş davom etişini istamasligi haqida aytgan. U Bayden bilan oxirgi bor ötgan yil noyabridagi muloqotidan buyon xalqaro vaziyat jiddiy özgarganini ta’kidlagan hamda tinçlik va özaro manfaatli rivojlaniş ustiga qurilgan global tartibot hozirda jiddiy çaqiriqlarga duç kelayotgani, dunyoda barqarorlik yöqolgani haqida gapirgan.
Xitoydagi «Sinhua» agentligi muzokaralar töğrisida bergan xabarida XXR raisi Bayden bilan muloqotda «Ukraina inqirozi — Xitoy körişni istagan narsa emasligi»ni aytgani, şuningdek «mojaro va qarama-qarşiliklar heç kimga manfaat keltirmasligi»ni qöşimça qilganini keltirgan.
- 18 mart kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Jinping videoaloqa orqali 2021 yil noyabridan buyon ilk bor muzokara ötkazdi.
- Ğarbdagi naşrlar Rossiya Xitoyga Ukrainadagi uruşda foydalaniş uçun qurol yetkazib berişni sörab murojaat qilgani haqida yozişgan. Rossiya bunday sörov bölganini rad etgan.













