Rossiya rahbariyati Ukrainada tezkor ğalabaga erişa olmagaç, harbiy taktikani özgartirgan. Bu haqda The Wall Street Journal AQŞ prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali mansabdorlarga asoslanib xabar tarqatdi.

Naşrning yozişiça, endilikda Kreml, katta ehtimol bilan Kiyevni egallaş harakatlarini töxtatgan va «B rejasi»ga — egallab bölingan pozitsiyalarni tutib turişga ötgan. Bu şuni anglatadiki, alohida töqnaşuvlar va şaharlarning öqqa tutilişi haftalar va hatto oylarga çözilişi mumkin.

Avvalroq AQŞ va ittifoqçilar prezident Putinning birinçi galdagi maqsadi bir neça kun içida Kiyevni egallaş va Zelenskiy hukumatini rossiyaparast rejimga özgartiriş ekanini aytgandi. Uç haftadan ortiq vaqt davom etgan janglardan keyingi vaziyat Putinni taktikani özgartirişga undagan. 

Rossiya prezidenti nimani közlayotgani böyiça berilgan baholarga köra, u Kiyevni Rossiyaning Ukraina janubi va şarqidagi hududlarga da’volarini qabul qilişga majburlamoqçi. 
 
«2014 yilda Qrimni va Donbassdagi hududlarni egallagan Rossiya endi öz ğarbiy hududlari va Qrim yarimoroli örtasida «quruqlikdagi köprik» örnatilişini ta’minlamoqçi, şuningdek, Donbass ustidan nazoratni kengaytirmoqçi», degan gazeta manbalari. 
 
Nomini sir tutiş şarti bilan gapirgan amerikalik mulozimlar fikriça, agar bu hududiy talablar va Ukraina betarafligi böyiça talab rad etilsa, Putin rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan hududlarni tutib turişga harakat qiladi va jang qilişni davom ettiradi.

«Bizning harbiy baholarimizga köra, aftidan, [Putin] qamal taktikasiga qaytmoqda», degan AQŞ ma’muriyatidagi manba. 
 
Şu bilan birga agar rossiyalik harbiylar muvaffaqiyatliroq harakat qila boşlasa, Putin öz harbiy maqsadlarini kengaytirişi mumkinligi istisno etilmagan. 
 
«[Ukraina] poytaxti maqomi oçiq masala bölib qolmoqda, Ukrainaning kuçli qarşiligidan kelib çiqilsa, Rossiya qurolli kuçlari Kiyevni töliq örab oliş va uni egallaş uçun bu yerda yetarliça kuç yiğa olişi qiyin masala», degan gazeta suhbatdoşlari. 
 
Wall Street Journal öz materialida Vladimir Putinning strategiyasi böyiça bu talqin - razvedka hamjamiyatining rasmiy baholari natijasi emasligi, balki maxfiy ma’lumotlarga kiriş imkoniga ega bölgan AQŞ rasmiylari nuqtayi nazari ekanini qayd etgan.

Bundan avvalroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç front «çiziği amalda muzlab qolgani», ikki tomon ham zaxiralarni töplaşda davom etayotgani va ayni vaqtda heç bir tomon vaziyatni öz tomoniga oğdirişga qodir emasligi haqida aytgandi.