Yevropa ittifoqi Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyaga qarşi beşinçi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda va Rossiya neftiga embargo qöyiş imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Reuters öz manbalariga tayangan holda.
«Biz sanksiyalarning beşinçi bosqiçi ustida işlayapmiz va köplab yangi nomlar taklif qilinmoqda», deya ma’lum qildi agentlikka yevropalik yuqori martabali diplomat.
Rossiya nefti importiga çeklovlar qöyiş yoki qöymaslik masalasi böyiça muhokamalar 21 mart kuni, AQŞ prezidenti Jo Baydenning Bryusselga rejalaştirilgan taşrifi oldidan Yevropa ittifoqi taşqi işlar vazirlari yiğilişida bölib ötadi.
Agentlik manbalariga köra, Boltiqböyi davlatlari, jumladan, Litva neft embargosini talab qilmoqda. Germaniya Yevropada energiya taşuvçilar narxining yuqoriligi sababli bu yönalişda tezkor çoralar köriş böyiça ikkilanmoqda. Reuters’ning ta’kidlaşiça, Germaniya Yevropa ittifoqining boşqa mamlakatlariga qaraganda Rossiya gaziga köproq qaram va Yevropa ittifoqida Rossiyadan neftning eng yirik xaridori hisoblanadi.
AQŞ Rossiyadan energiya taşuvçilar importini taqiqlab böldi, Kanada va Buyuk Britaniya ham Rossiya neftidan voz keçiş rejalarini e’lon qildi. Yevropa ittifoqi Rossiya gazi, nefti va kömiridan «asta-sekinlik bilan» voz keçişni rejalaştirmoqda va aniq muddatlarni belgilamadi.
Yevrokomissiya 2022 yilda Rossiya gazi iste’molini uçdan ikkiga qisqartiriş va yetkazib berişdan «2030 yildan ança oldinroq» voz keçiş mumkin deb hisoblamoqda. REPowerEU Yevropa rejasi suyultirilgan tabiiy gaz, rossiyalik bölmagan yetkazib beruvçilardan quvurlar importini köpaytiriş, qayta tiklanadigan vodorod işlab çiqarişni köpaytiriş va import qiliş orqali gaz ta’minotini diversifikatsiya qilişni nazarda tutadi. Yevropa ittifoqi rejasining yangilangan versiyasi joriy yilning may oyida taqdim etilişi kutilmoqda.
YeI Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyaga qarşi bir neçta sanksiyalar paketini joriy qildi. Çeklov çoralari Markaziy bank zaxiralari va aktivlariga, Rossiyaning bir qança banklariga, şu jumladan VTBga, texnologik mahsulotlar eksportiga, samolyotlar va ular uçun ehtiyot qismlar yetkazib berişga, şuningdek, Yevropa moliya bozorlariga kiriş jarayoniga tegişli böldi. Aktivlar va hisoblarni muzlatişdan iborat şaxsiy sanksiyalar rossiyalik yirik işbilarmonlar, kompaniyalar top-menejyerlari, amaldorlar va siyosatçilarga tegişli böldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarşi ilk bor Yevropa sanksiyalari joriy etildi.
YeIning oxirgi, törtinçi çeklov çoralari töplami yangi investitsiyalar va energetika sektori uçun uskunalar yetkazib berişni taqiqlaşni, şuningdek, Rossiyadan temir va pölat importiga embargo qöyişni nazarda tutadi.
Ğarb sanksiyalari fonida Rossiya valuta operatsiyalari qoidalarini kuçaytirdi hamda AQŞ va Yevropa ittifoqining «misli körilmagan» va «noqonuniy» sanksiyalariga javob qaytarişga va’da berdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ğarbning Rossiyadan energiya taşuvçilar importiga çeklovlar qöyiş böyiça muhokamalariga izoh berar ekan, bunday taşabbuslar bozor buzilişiga olib kelişini aytgan bölsa, boş vazir örinbosari Aleksandr Novak bu kabi çoralar neft narxining bir barrel uçun 300 dollargaça kötarilişiga olib kelişi mumkinligini bildirdi.













