Davlat rahbari öz nutqi davomida islohotlar yölidagi eng murakkab vazifa haqida gapirdi.

"Oxirgi yillarda dunyoda yuz berayotgan pandemiya sinovlari, iqtisodiyot sohasidagi mavjud qiyinçiliklar va boşqa muammolar bizni nostandart çoralar körişga, yangiça vaziyatda işlaş va natijaga erişişga örgatmoqda.

Dunyodagi bugungi murakkab vaziyatda ham Özbekiston yaşaş va işlaş uçun tinç va xavfsiz makon sifatida tanilganini heç kim inkor qila olmaydi. Biz investorlar uçun eng qulay va jozibador şaroitlarni yaratiş böyiça harakatlarimizni yanada jadallaştiramiz.

Islohotlarni amalga oşiriş jarayonidagi eng murakkab vazifa – bu faqat qonunçilikni özgartiriş yoki turli strategiyalarni işlab çiqişdan iborat emas. Bular albatta muhim, lekin eng asosiysi – odamlarning dunyoqaraşi va fikrlaşini özgartiriş ekanligini, öylaymanki, dunyodagi barça islohotçilar tan olsa kerak", dedi prezident.

Davlat rahbari hozirgi zamon butun jahon iqtisodiyoti raqamlaştiriş jarayoniga ötayotgan, “yaşil” texnologiyalar va innovatsion taraqqiyot har qanday soha va biznes rivoji uçun ustuvor ahamiyat kasb etayotgan bir davr ekanligini ta’kidladi.

"Biznes va tadbirkorlik, xalqaro iqtisodiy aloqalar uçun beqiyos imkoniyatlar oçilayotgan mana şunday şaroitda sizlarni qadimiy sivilizatsiya va madaniyat maskani bölgan, bugungi kunda yangilaniş va islohotlar yölidan dadil borayotgan Yangi Özbekiston bilan amaliy hamkorlik örnatişga taklif qilaman.

Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlaş Özbekiston prezidenti va hukumati tomonidan kafolatlanadi", dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident anjumanning barça iştirokçilariga forum natijalari böyiça muhim va samarali kelişuvlarga erişişni, kelgusi işlarida esa yangi yutuq va zafarlar yor bölişini tiladi.