Joriy yilning 28 mart kuni Tailand Qirolligining Bangkok şahrida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining BMT Osiyo va Tinç okeani mintaqasi uçun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasining Osiyo-Tinç okeani mintaqasi Barqaror rivojlaniş forumi va uning doirasida Jahon mamlakatlari volontyorlik hisobotining 2022 yil uçun mintaqaviy işga tuşiriş marosimi bölib ötmoqda.
Mazkur nufuzli volontyorlar forumida ilk marotaba Özbekiston namunaviy davlat sifatida tanlab olingan. Unda Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi iştirok etmoqda. Forumda Alişer Sa’dullayevning nutq sözlaşi rejalaştirilgan.
Ta’kidlaş joizki, BMT Osiyo va Tinç okeani mintaqasi uçun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasining Osiyo-Tinç okeani mintaqasi Barqaror rivojlaniş forumining oçiliş marosimi hamda asosiy tadbir BMT Volontyorlari dasturi Ijroçi koordinatori örinbosari Kyoko Yokosuka xonim, BMTning Osiyo va Tinç okeani mintaqasi uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijroçi kotibi Armida Salsiah Alisjahbana xonim, Tailand Boş vazirining örinbosari va Taşqi işlar vaziri Don Pramudvinai, şuningdek, Bangladeş Respublikasi Mahalliy boşqaruv, qişloq taraqqiyoti va kooperatsiya vaziri Tazul Islom ham iştirok etişadi.
Forumni onlayn kuzatiş uçun havola: https://www.facebook.com/UNVAsiaPacific
Yoşlar işlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ











