Hukumat qarori «Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi huzuridagi «Yaşil taşabbuslar»ni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi huzuridagi «Yaşil taşabbuslar»ni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş, Jamğarma faoliyatini boşqariş, uning mablağlarini taqsimlaş, hisobi va hisobotini yuritiş tartibini belgilaydi.

Jamğarma mablağlari quyidagi maqsadlarga yönaltiriladi, jumladan:

- yoşlarda tabiatga muhabbat hissini uyğotiş, ularning atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşiş;

- yoşlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etiş, çiqindilarni qayta işlaş, yaşil energiya manbalaridan foydalaniş kabi ekologik loyihalarini qöllab quvvatlaş;

- mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlaşda yoşlar iştirokini kuçaytirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş;

- yoşlarning daraxt köçatlarini ekiş va parvarişlaş kabi ekologik loyihalarini qöllab-quvvatlaş.

Jamğarma mablağlari hisobidan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.