Rossiyalik milliarder Roman Abramoviç Ukraina va Rossiya örtasidagi muzokaralarda Kremlning ruxsati bilan qatnaşmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Roman Abramoviç tomonlar örtasidagi ba’zi aloqalar örnatilişida iştirok etgan, ammo u delegatsiyaning rasmiy vakili hisoblanmaydi. Rossiya delegatsiyasini prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy boşqarmoqda. Rossiya nomidan Abramoviç ham Istanbuldagi muzokaralarda iştirok etmoqda», dedi Peskov.

Jurnalistlar Abramoviç muzokaralarda iştirok etişi Kreml tomonidan tasdiqlangani yoki yöqligi haqida ham söraşdi. «Bunday muzokaralarda iştirok etiş uçun ikki tomonning roziligi kerak böladi. Abramoviç bunday rozilikni olgan», dedi Kreml rasmiy vakili.

Peskov Abramoviç va ukrainalik muzokaraçilarning ba’zilarida zaharlaniş alomatlari paydo bölgani haqidagi xabarlarni esa axborot uruşining bir qismi deb atadi.