Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining ikkinçi yiğilişi yakunlari böyiça qöşma bayonot imzoladi.
Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida köp qirrali Özbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirişga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:
- imtiyozli savdo töğrisidagi bitim;
- davlat çegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnoma;
- mehnat va bandlik sohasida hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi;
- sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
- quriliş sohasida anglaşuv memorandumi;
- Soğliqni saqlaş vazirliklari örtasida 2022-2023 yillarga möljallangan harakatlar rejasi;
- Özbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi örtasida hamkorlik bitimi.

Bundan oldin Özbekiston va Turkiya örtasida emlanganlik sertifikatlarini özaro tan oliş haqidagi kelişuvga erişilgandi.












