Rossiya davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin Rossiya valutasiga eksport qilinadigan mahsulotlar röyxatini kengaytirişga çaqirdi.

U nafaqat gaz, balki öğitlar, buğdoy, neft, kömir, metallar va yoğoç mahsulotlarini ham rubl evaziga eksport qiliş taklifi bilan çiqdi.

Volodinning sözlariga köra, Yevropa mamlakatlarida "tölovni rublda amalga oşiriş uçun barça imkoniyatlar bor".

"Avvalroq öylaş kerak edi. Ular dollar va yevroga işonç susayişi, Rossiya özaro hisob-kitoblarda bu valutalardan voz keçişi uçun barçasini qilişdi. Gaz olmoqçi bölsangiz – rubl toping", - dedi u.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham şunga öxşaş bayonot bilan çiqqan, YeIning gaz uçun rublda tölov qilişni rad etganiga javoban "Tölov bölmasa – gaz ham bölmaydi" degandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 mart kuni Rossiya gazining “döstona bölmagan davlatlar”ga eksporti uçun tölov rublda amalga oşirilişini ma’lum qilgandi.

Germaniya energetika vaziri Peter Altmayyer G7 mamlakatlari Rossiya gazi uçun rublda pul tölaş talabini rad etişini bildirdi.