AQŞ va Buyuk Britaniya Ukrainaga bosqini sabab Rossiyaga navbatdagi sanksiyalarni e’lon qildi.

Ikki mamlakatning bir vaqtda e’lon qilingan sanksiyalaridagi asosiy umumiylik – Rossiyaga investitsiya kiritiş taqiqlanişi va Rossiyaning eng yirik banki bölmiş Sberbank aktivlari muzlatilişi bilan boğliq.

AQŞning Rossiyaga kiritayotgan yangi sanksiyalari:

  • Rossiyaning eng yirik banki Sberbank va eng yirik xususiy banki Alfa-bankka nisbatan töliq bloklovçi sanksiyalar – ularning AQŞdagi aktivlari muzlatiladi, AQŞ sub’yektlariga bu banklar bilan iş yuritiş taqiqlanadi (bu xabardan keyin Sberbank aksiyalari sezilarli arzonlaşdi);
  • AQŞ fuqarolari va kompaniyalariga Rossiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritiş taqiqlanadi;
  • Rossiya hukumatiga qaraşli yirik kompaniyalarga nisbatan töliq bloklovçi sanksiyalar (kompaniyalar röyxati ertaga e’lon qilinadi);
  • Rossiya AQŞ yurisdiksiyasidagi mablağlar yordamida öz qarzlarini tölay olmaydi;
  • Rossiya elitasi – prezident V.Putinning voyaga yetgan farzandlari, TIV rahbari S.Lavrovning rafiqasi va qizlari, boş vazir M.Mişustin, RF Xavfsizlik kengaşi raisi D.Medvedev va kengaşning boşqa qator a’zolariga nisbatan personal sanksiyalar – ularning hisobraqamlari muzlatiladi;
  • Rossiya hukumatining qator vakillari – boş vazir örinbosari, adliya vaziri, moliya vaziri, Prezident administratsiyasi rahbari, Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari, Federal bojxona xizmati raisi, Moskva meri, Peterburg gubernatori, prezidentning ayrim rasmiy vakillariga nisbatan personal sanksiyalar.

Oq uy bayonotiga köra, sanksiyalar Rossiya bank sektorining uçdan ikki qismini qamrab oladi. AQŞ davlat kotibining örinbosari Vendi Şerman sanksiyalarning kölami Xitoy uçun “yaxşigina belgi” bölişi kerakligini ta’kidlab, yana bir bor rasmiy Pekinni Rossiyaga moddiy yordam berişning oqibatlaridan ogohlantirdi.

Buyuk Britaniya Rossiyaga kiritayotgan yangi sanksiyalar:

  • Sberbank va Moskva kredit bankining aktivlari muzlatiladi;
  • Rossiyaga investitsiya kiritiş taqiqlanadi (birgina 2020 yilning özida Britaniya Rossiyaga 11 mlrd funt investitsiya kiritgan);
  • temir va pölatdan işlangan mahsulotlarni Rossiyadan import qiliş taqiqlanadi;
  • neftni qayta işlaş uskunalarini Rossiyaga eksport qiliş taqiqlanadi;
  • Britaniya 2022 yil oxirigaça Rossiyadan kömir va neft importini töxtatadi;
  • Rossiyaning 8 nafar oligarxiga nisbatan personal sanksiyalar (SGM xöjayini Boris Rotenberg, “Gazprombank” rahbari Andrey Akimov, “Novatek” xöjayini Leonid Mixelson, “Akron” kompaniyasi egasi Vyaçeslav Kantor ham şular jumlasidan).

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan yangi jazo çoralari haqida ertaga, 7 aprel kuni e’lon qilişi kutilmoqda. Reuters xabariga köra, YeIga a’zo mamlakatlar sanksiyalar kölami borasida hozirça bir töxtamga kela olmayapti.

Manbalarga köra, Yevrokomissiyaning yangi sanksiyalar paketiga RFdan kömir va kauçuk importini taqiqlaş, RFga yarimötkazgiçlar va suyultirilgan gaz işlab çiqariş texnologiyalari eksportini töxtatiş kabilar kiritilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, aprel oyi boşida Rossiya harbiylari qariyb bir oy davomida nazorat qilib kelgan Kiyev yaqinidagi qator hududlarni tark etgan, ular ketgaç bir neçta aholi punktlari, xususan Buça şahrida köplab tinç aholi vakillarining jasadlari vahşiylarça öldirilgan holatda topilgan edi.

Ğarb mazkur voqeaga harbiy jinoyat sifatida qarab, Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar va’da qilgan edi. Rasmiy Moskva jasadlarni sahnalaştirilgan deb atab, rus qöşinlari egallab turgan joylarda birorta ham tinç aholi vakiliga ziyon yetkazilmaganini iddao qilgan.