Soğliqni saqlaş vazirligiga bir oy muddatda barça tuğruqxonalarni eşitişni skrining tekşiruvi uskunalari bilan jihozlaş va eşitiş nogironligini kamaytiriş böyiça Hukumat qarori loyihasini kiritadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Saxovat, Muruvvat va Mehribonlik uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati böyiça videoselektorda topşiriq berildi.
Yiğilişda ma’lum qilinişiça, ötgan yili «Saxovat», «Muruvvat», «Mehribonlik» va bolalar uylari, faxriylar pansionatlari, maktab-internatlarda 172 milliard sömlik quriliş-ta’mirlaş va jihozlaş işlari bajarildi.
Joriy yilda barça tibbiy-ijtimoiy muassasalarni quriliş-ta’mirlaş va jihozlaşga 227 milliard söm ajratiladi.
Bugungi yiğilişga tayyorgarlik köriş jarayonida barça viloyat, şahar va tumanlar hokimlariga öz hududidagi har bir tibbiy-ijtimoiy taşkilotga borib, u yerdagi ahvolni öz közi bilan körib, muammolarni aniqlaş va hal etiş çoralarini körişga topşiriq berilgan.
«Afsuski, bizdagi bor ma’lumotlar joylardagi qator tibbiy-ijtimoiy muassasalarning şaroitini tubdan yaxşilaş zarurligini körsatmoqda», dedi davlat rahbari.
Jumladan, 36 ta «Saxovat» va «Muruvvat» uylaridan 12 tasida qöşimça bino, 7 tasida yotoqxona, oşxona, tibbiyot bölimi, sport zali quriş, 21 tasida binolar va isitiş-sovutiş tizimini ta’mirlaşga ehtiyoj mavjud.
Şuningdek, 6 ta «Mehribonlik» va 11 ta kiçik yoşdagi bolalar uylaridan 2 tasi ta’mirga muhtoj ahvolda. Imkoniyati çeklangan bolalarga ixtisoslaşgan 86 ta maktab-internatdan 11 tasi kapital ta’mirlaşni talab etadi.

Prezident bu «aholining mehr va ğamxörlikka muhtoj qatlami uçun zarur şart-şaroitlarni yaratib beriş borasidagi işlarimiz hali qoniqarsiz ekanligini körsatib turgani»ni ta’kidladi.
Uşbu kamçiliklarni hisobga olib, prezident tegişli vazirlik va idoralarga Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, Toşkent şahri va viloyatlar hokimlari bilan birga bir oy muddatda barça tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ahvolini yana bir bor çuqur örganib, 2022-2024 yillarda ularda quriliş-ta’mirlaş işlarini bajariş va jihozlaş böyiça hukumat qarorini tayyorlaş vazifasini qöydi.
Barça darajadagi hokimlar öz hududidagi har bir tibbiy-ijtimoiy taşkilotda quriliş-ta’mirlaş va jihozlaş işlarini öz muddatida, sifatli bajariş, şunindek ularda zarur şart-şaroitlar yaratiş uçun şaxsan javob beradi.
Masalan, bugungi yiğiliş ötayotgan 102-son zaif eşituvçi bolalarga ixtisoslaşgan maktab-internat binolarining fasadi, oşxonasi va texnologiya xonalarini ta’mirlaş, sport kompleksi va işlab çiqariş ustaxonasi taşkil etişni joriy yilda bajarişga körsatma berildi.

Xalq ta’limi vazirligiga «Zamin» fondi bilan hamkorlikda:
- bu yil 2 ming 600 dan ziyod zaif eşituvçi bolalarni tibbiy tekşiruvdan ötkazib, ularni eşitiş moslamalari bilan ta’minlaş çoralarini köriş;
- eşitiş moslamalari va koxlear implantatsiya yordamida eşitiş qobiliyati tiklangan bolalarni bosqiçma-bosqiç umumta’lim maktablariga ötkaziş va maktab-internatlarni optimizatsiya qiliş topşirildi.
Mutaxassislar fikriga köra, agar barça yangi tuğilgan çaqaloqlarning eşitiş qobiliyati skrining qilinsa, vaqtida zarur çoralarni köriş orqali eşitiş nogironligini 60 foizga kamaytiriş mumkinligi ta’kidlandi.
Şuni hisobga olib, Soğliqni saqlaş vazirligiga bir oy muddatda barça tuğruqxonalarni eşitişni skrining tekşiruvi uskunalari bilan jihozlaş va eşitiş nogironligini kamaytiriş böyiça Hukumat qarori loyihasini kiritişga topşiriq berildi.












