Amerikalik Larri Konnor, kanadalik Mark Pati va isroillik Eytan Stibbe Crew Dragon kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.

“Yevronyus”ning xabar berişiça, sayohat uçun 55 mln dollardan pul tölagan turistlarga NASA sobiq astronavti Maykl Lopes-Alegriya hamrohlik qildi.

Şanba kuni içida kosmonavtlar bölgan kapsula Xalqaro kosmik stansiya bilan birlaşgan.

Kosmik turistlar stansiyada sakkiz kun bölişadi, söngra Yerga qaytişadi.

Qayd etilişiça, tarixda ilk bor turistlarni Xalqaro kosmik stansiyaga Rossiyaning “Soyuz” kemasi emas, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi işlab çiqargan Crew Dragon kemasi olib çiqdi.

Kompaniya ötgan yil sentabrida kosmosga oddiy fuqarolardan iborat ekipajni olib çiqqandi. Öşanda biznesmen, kollej öqituvçisi va AQŞ qurolli kuçlari faxriysi uç kun davomida Yer yaqinidagi orbitada bölib qaytgandi.