Yevrokomissiya YeI davlatlarining Rossiya talab qilganidek gaz uçun rublda pul tölaşi Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzadi deb topdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Bloomberg xabar berdi. 

Xabarda aytilişiça, Yevrokomissiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "nodöst mamlakatlar" Rossiya gazi uçun rublda pul tölaşi közda tutilgan farmonini yuridik tahlil qilib çiqqan. 

Farmonga köra, bu mamlakatlar xorij va Rossiya valutasida ikkita hisob oçib, gaz uçun rublda pul tölaşi lozim. Valutaning rublga konvertatsiya qilinişi va "Gazprom"ga ötkazilişi bilan "Gazprombank" şuğullanadi. 

Xulosa qilinişiça, bunday sxema nafaqat Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalarni buzadi, balki Rossiya uçun şartnomalarni töliq nazorat qiliş imkonini beruvçi "yangi huquqiy tizim"ni hosil qiladi. 

Yevrokomissiya YeI Rossiya talabini bajarmasligini bildirgan. 

Rossiya gazi uçun tölovlarni amalga oşirişning yangi qoidalari 1 apreldan kuçga kirgan.