Insoniyat radiatsiya halokatining ayançli oqibatlarini Ikkinçi jahon uruşi tugaşi arafasida AQŞ tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki şaharlariga atom bombalari taşlanganida bildi. Öşanda bu ikki şahar butunlay vayronaga aylandi, 100 minglab odamlar halok böldi. Tirik qolganlar esa atom bombasi portlaşi tufayli yuzaga kelgan radiatsiya nurlari oqibatida nogiron bölib qoldi.

Foto: Shutterstock

Keyinçalik har ikki şahar qayta tiklandi va ularda odamlar yaşay boşladi. Ammo radiatsiya nurlari saqlanib qolaverdi. Oqibatda har ikkala şaharda ham uzoq yillar davomida odamlar turli kasalliklarga çalinişi, tanasida nuqsoni bor holda tuğilişi davom etdi.

Dunyo ahli Xirosima va Nagasakidan keyin ham bir qança radiatsiya halokatlarini kördi. 1979 yilda AQŞdagi Tri-Mayl-Aylend, 1986 yilda Çernobil, 2011 yilda Yaponiyadagi Fukusima atom elektrostansiyalarida halokatlar sodir böldi. Ammo ungaça, 1957 yilda Rossiyaning Çelyabinsk viloyatida joylaşgan radioaktiv moddalarni qayta işlaşga ixtisoslaşgan kimyo korxonasida yirik portlaş sodir bölgandi. Mazkur hodisa kölami jihatdan Çernobil va Fukusima AESdagi halokatlaridan söng uçinçi örinda turadi.

Foto: kakprosto.ru

Radioaktiv moddalarni qayta işlaydigan zavodlar qurilişi

1945 yilda SSSR hukumati qarori bilan Çelyabinsk viloyatida radioaktiv moddalarni qayta işlaydigan yirik zavod majmuasi qurila boşlanadi. 1948 yil iyun oyida Yevrosiyoda ilk sanoatda foydalaniş uçun «A-1» yadro reaktori loyihasi qurib bitkaziladi.

1949 yil yanvar oyida zavoddagi bir neçta korxona, jumladan yadroning asosiy xomaşyosi bölgan plutoniyni qayta işlaydigan radiokimyoviy zavod, fevral oyida esa yadro zarralarini işlab çiqaruvçi kimyo-metallurgiya zavodi işga tuşiriladi. Keyinçalik mazkur zavodlar faoliyati yanada kengaytiriladi. Zavod atrofida işçilar uçun Çelyabinsk-40 şaharçasi tiklanadi.

Foto: news.lent.az

1949 yildan boşlab korxonalar atrofida joylaşgan oçiq suv havzalariga örta va past darajadagi texnologik suyuq radioaktiv çiqindilar oqizila boşlanadi. Şu tariqa, 1949-1951 yillarda korxonalar yaqinida joylaşgan Teça daryosi radioaktiv çiqindilar bilan sezilarli darajada ifloslanadi.