Özbekistonda yirik quvvatli atom elektr stansiyasini 2035 yilda töliq işga tuşiriş közda tutilmoqda. Bu haqda 25 sentabr kuni Moskvada bölib ötgan “Jahon atom haftaligi” xalqaro forumida Atom energiyasi agentligi (Özatom) direktori Azim Ahmadxöjayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Spot naşri.

2029 yilda Jizzax viloyatida kiçik AESning birinçi energobloki foydalanişga topşiriladi, yarim yildan keyin ikkinçisi ham işga tuşiriladi. Ahmadxöjayevning aytişiça, reaktor uskunalarini işlab çiqariş allaqaçon boşlangan va barça işlar jadval böyiça olib borilmoqda.

Spot muxbirining yirik AES qurilişi muddati haqidagi savoliga javob berar ekan, Özatom rahbari birinçi energoblok 2033 yilda, ikkinçisi esa 2035 yilda işga tuşirilişini ta’kidladi.

“Hozirça reja şunday. Lekin baribir hammasi şartnoma doirasida muhokama qilinadigan amalga oşiriş jadvaliga boğliq böladi (hujjat hali imzolanmagan). Aniq muddatlarni keyinroq bilamiz va qöşimça ma’lumot beramiz”, - dedi Özatom rahbari.

20 iyun kuni Rosatom davlat korporatsiyasi hamda Özatom Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Özbekistonda yirik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilişi loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş böyiça kelişuv imzolagan edi.

Ötgan haftada Özatom va Rosatom Özbekistonda AES loyihasining yangi konfiguratsiyasi borasida kelişib oldi. Endi loyiha ikki yirik quvvatli energoblok va ikki kiçik AES blokini öz içiga oladi.

Yangi kelişuvga köra, AESlardan bittasi kiçik, ikkinçisi an’anaviy katta stansiya böladi va ular birgalikda 525 gektarlik umumiy maydonda joylaşadi. E’tiborlisi, katta va kiçik AESlarni bitta maydonda integratsiya qiliş – juda noyob hodisa. Bu loyiha Özbekistonni bunaqangi qöşaloq AESga ega dunyodagi birinçi davlatga aylantiradi.

Loyihaning bir neçta asosiy parametrlari haqida özbekistonliklar birinçi bölib Vladimir Putin iştirokidagi yiğilişda xabar topdi. Gap Rossiya poytaxtida ötgan jahon atom haftaligining oçiliş sessiyasi haqida ketyapti. Bu sessiyada qatnaşgan Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayevning aytişiça, Jizzaxdagi katta AES har biri 1000 megavattlik ikkita energoblokdan iborat böladi. Kiçik stansiyaga esa har biri 55 megavattlik ikkita reaktor örnatiladi. Şu tariqa, qöşaloq stansiyaning umumiy quvvati 2,1 gigavattni taşkil etadi.