Rossiya va Belarusning Yevroittifoqni tark etişga uringan bir neça ming yuk maşinasi Polşa çegarasida töplanib qoldi, deb xabar berdi Financial Times (FT).

Gazetaning ma’lumot berişiça, tirbandliklar Litva va Latviya çegaralarida ham yuzaga kelgan.

Qayd etilişiça, yuk maşinalarining YeI hududidan çiqib ketişi uçun uç kundan 10 kungaça vaqt kerak böladi.

15 aprel kuni Polşa şarqidagi yuk maşinalaridan iborat navbatning uzunligi 40 kilometrdan oşgan. Polşa xalqaro avtomobilda yuk taşuvçilar birlaşmasi rahbari Yan Buçekning sözlariga köra, Belarus bilan çegaradagi «Koroşçin» nazorat-ötkazuv punktidagi tirbandlikning uzunligi 80 kilometrga yetgan. 

Gurtam kompaniyasi ijroçi direktori Aleksandr Kuvşinovning ta’kidlaşiça, YeI hududida Rossiya va Belarusning 10 mingga yaqin yuk maşinasi bor.

Avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarşi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beşinçi paketini tasdiqlagandi. Unga köra, Rossiya va Belarus avtotransport operatorlarining YeI hududi orqali yuk taşişi taqiqlanadi.