Kobulda yuz bergan bir neçta portlaşlar natijasida kamida 25 kişi halok böldi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, şaharning ğarbiy qismida joylaşgan Abdul Rahim nomidagi maktab yaqinida ikkita portlaş sodir bölgan.

Kobul xavfsizlik boşqarmasi vakili Xolid Zadranning xabar berişiça, "ayni vaqtda olti kişi halok bölgani va 11 kişi jarohatlangani ma’lum".

Yana bir maktab yonida qöl granatasi portlatilişi oqibatida kamida beş kişi jarohatlangani aytilmoqda. 

Kabul News telekanalining guvohlarga tayanib xabar berişiça, Kobuldagi portlaşlar natijasida 20 nafardan ortiq inson halok bölgan.