Gazeta.uz jurnalisti Şuhrat Latipov öz manbalariga tayanib, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi birlaştirilişi, yangi vazirlikka rahbar sifatida Sardor Umrzoqov nomzodi körilayotgani haqida xabar berdi. Uning manbalariga tayanib yozişiça, tegişli hujjat prezident administratsiyasi tomonidan işlab çiqilmoqda, yaqin kunlarda e’lon qilinişi mumkin.

Bu ma’lumotlar böyiça rasmiy doirada munosabat bildirilmadi, şuningdek rad etilgani ham yöq.

Kun.uz bilan gaplaşgan Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati bu masalada heç qanday ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Vazirlik rasmiylaridan 18 martdan buyon jamoatçilikka köriniş bermayotgan Abdulaziz Komilovning salomatligi borasida ham ma’lumot olişning iloji bölmadi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmatidagilar ham kutilayotgan özgarişlar böyiça «hozirça heç qanday ma’lumotga ega emas».

Eslatib ötamiz, Abdulaziz Komilov oxirgi marta 17 mart kuni Senat yalpi majlisida Özbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olişi, Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni esa tan olmasligini ma’lum qilgan, şuningdek, Özbekiston Ukrainadagi harbiy harakatlar zudlik bilan töxtatilişi tarafdori ekanini aytgandi. 18 mart kuni esa Dominikana va Janubiy Koreyaning yangi elçilarini qabul qilgan.

Şundan söng 29 mart kuni 75 yoşli vazir ön kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Özbekistonda tibbiy muolajalar olgani, keyin davolaniş uçun xorijga ketgani xabar qilindi.

Ötgan vaqt mobaynida TIV doirasidagi xalqaro uçraşuv tadbirlarida Özbekiston nomidan Sardor Umrzoqov qatnaşib kelmoqda.

Xususan, 30-31 mart kunlari Xitoyda bölib ötgan Afğonistonga qöşni mamlakatlar vazirlari