Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov ayni vaqtda davolaniş uçun xorijga ketgan.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, sönggi ön kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot boş boşqarmasining 1-son Markaziy klinik şifoxonasida tibbiy muolajalar olgan.

«Şifokorlarning konsilium xulosasiga köra, vazirning salomatligini yanada çuqurrok tekşiruvdan ötkaziş zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda Abdulaziz Komilov ixtisoslaşgan tibbiy körikdan ötiş va tegişli muolajalarni oliş maqsadida xorijda davolanişni davom ettirmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Abdulaziz Komilov 12 kun oldin, 17 mart kuni Senat yalpi majlisida Özbekistonning Ukrainadagi voqealarga munosabati böyiça savolga javob qaytarib, Özbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olişi, Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olmasligini ma’lum qilgan va Özbekiston Ukrainada harbiy harakatlar zudlik bilan töxtatilişi tarafdori ekanini aytgandi.

18 mart kuni esa Dominikana va Janubiy Koreyaning yangi elçilarini qabul qilgan.