2022 yil 18 mart kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.
Işonç yorliği nusxasini topşiriş marosimidan söng vazir elçini Özbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat çoğida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda Özbekiston-Janubiy Koreya maxsus strategik şerikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarni har tomonlama amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.
Diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi va Özbekistonda koreys diasporasi taşkil topganining 85 yilligini nişonlaş böyiça «Özaro almaşinuv yili» doirasida bölib ötadigan tadbirlar jadvali körib çiqildi.








