Senatorlar Senat yigirma törtinçi yalpi majlisi kun tartibi doirasida Taşqi işlar vazirligining 2021 yildagi faoliyati töğrisidagi axborotini eşitişdan boşladi. Uşbu masala yuzasidan taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’ruza qildi va Özbekistonning Ukrainadagi voqealarga munosabati böyiça savolga javob qaytardi.

«Birinçidan, Ukraina atrofidagi vaziyat Özbekistonda jiddiy xavotir uyğotmoqda. Ikkinçidan, biz vaziyatga tinç yöl bilan yeçim topiş va mojaroni siyosiy-diplomatik vositalar yordamida hal qiliş tarafdorimiz.

Lekin buning uçun birinçi navbatda harbiy harakatlar, zöravonliklar zudlik bilan töxtalişi zarur.

Özbekiston tarixan Rossiya Federatsiyasi bilan ham, Ukraina bilan ham an’anaviy köpqirrali aloqalarga ega. Biz har ikki mamlakat bilan öz milliy manfaatlarimizdan kelib çiqqan holda özaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz.

Bir tomondan, Rossiya – Özbekistonning yetakçi taşqi savdo hamkori. Biz bu mamlakat bilan strategik şerikçilik va ittifoqçilik munosabatlariga egamiz. 

Ikkinçi tomondan, Ukraina bilan ham keng qamrovli yönalişlarda, xususan, savdo-iqtisodiy, madaniyat, ta’lim qişloq xöjaligi sohalarida hamkorlik amalga oşirilmoqda.

Mazkur mamlakat bilan ikki tomonlama savdomiz hajmi ötgan yili 704 million AQŞ dollaridan ziyod körsatkiçga yetdi. Bu 2020 yildagiga nisbatan 60 foizga oşdi degani.

Joriy yildagi hamkorligimiz kun tartibida ham qator tadbirlar, şu jumladan Toşkentda va Ukrainada bir neçta tadbirlar ötkazilişi rejaga kiritilgan edi.

2021 yili Toşkent va Kiyev örtasida töğridan töğri havo qatnovlari tiklandi: mojarodan oldin haftasiga 
4 tadan reys amalga oşirilayotgandi.

Biz bugungi oğir kunlarda Ukrainaga gumanitar yordam beramiz va vaziyatni inobatga olib, yordam körsatişda davom etamiz.

Davlatimiz taşqi siyosatinining tamoyillari va yönalişlaridan kelib çiqqan holda, voqealarga munosabatimizni bildirmoqçi edim. 

Avvalo, Özbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmadik», dedi Komilov.

Taşqi siyosat konsepsiyasiga asosan Özbekiston heç qanday harbiy-siyosiy bloklarda iştirok etmasligi va mamlakat qöşinlari xorijdagi qurolli mojarolarga jalb etilmasligi ta’kidlab ötilgan.