Joriy yilning 30 va 31 mart kunlari Xuanşan şahrida (Xitoy) Afğonistonga qöşni davlatlarining 3-vazirlar konferensiyasi bölib ötdi. Unda Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston hukumatlari a’zolari va taşqi işlar vazirlari iştirok etdi. Tadbirda Özbekiston nomidan boş vazir örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov iştirok etdi.
Konferensiyada sözga çiqqan Sardor Umrzoqov Afğonistonga mavjud muammolarni bartaraf qiliş, milliy iqtisodiyotni qayta jonlantiriş, ijtimoiy masalalarni hal etiş va mamlakat hayotini normallaştirişda kömaklaşişga qaratilgan mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlaştirişni kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi. Afğoniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olişning mexanizmi va mezonlarini işlab çiqiş taklif qilindi. Uşbu çoralar mamlakatning mintaqaviy makon va xalqaro hamjamiyatga integratsiyalaşuvini tezlaştiriş imkonini beradi.

Şuningdek, Özbekiston tomoni mintaqa davlatlari, hamkor mamlakatlar va Afğoniston bilan barça ustuvor yönalişlarda, jumladan, iqtisodiy jihatdan tiklaşni tezlaştiriş va afğon xalqining turmuş darajasini yaxşilaşga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişda hamkorlikni davom ettirişga sodiqligini bildirdi.
Anjuman yakunida taraflarning qöşma bayonoti va Afğonistonni iqtisodiy jihatdan tiklaşni qöllab-quvvatlaş böyiça “Tunsi taşabbusi” qabul qilindi.
Tadbirlar doirasida Sardor Umrzoqov xorijlik hamkasblari bilan bir qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ham ötkazdi. Xususan, Xitoy davlat kengaşi a’zosi, taşqi işlar vaziri Van I, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Afğoniston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvlar davomida tomonlar olib borilayotgan sa’y-harakatlarning hozirgi holatini muhokama qildi hamda ustuvor yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlikni çuqurlaştiriş borasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldi.








