Özbekiston taşqi bozorlarda Rossiya oltinining örnini egallaş niyatida emas. Bu haqda investitsiyalar va savdo vaziri örinbosari Şuhrat Vafoyevning sözlarini keltirmoqda RBK.

Qayd etib ötiş kerak, 2021 yilda Özbekiston va Rossiya bu qimmatbaho metall eksportçilari orasida jahon yetakçilaridan bölişgan. RBK ma’lumotlariga köra, sanksiyalar tufayli Rossiyaning oltin işlab çiqaruvçi kompaniyalari öz mahsulotini realizatsiya qilişda qiyinçiliklarga duç kela boşlagan.

«Oltin bozori yetarli tarzda öziga xos sanaladi, biz sotayotganimizdan köproq işlab çiqaramiz. Özbekistonda bugungi kunda işlab çiqarilayotgan oltin töliq Markaziy bank tomonidan xarid qilinadi va oltin-valuta zaxiralarimizning bir qismi hisoblanadi. Ya’ni, qandaydir marketing bölişi va biz ma’lum bir maqsadda katta oltin bozoridagi qandaydir böş örinni egallaşga intilmaymiz», — degan Vafoyev.
Özbekiston bir yilda 100 tonnaga yaqin oltin işlab çiqaradi. Bu holatda Özbekiston Markaziy bankiga mahalliy affinirlangan oltinning barçasini xarid qiliş uçun ustun mavqe taqdim etilgan. Markaziy bankning xalqaro zaxiralarining 60 foizi oltin uluşiga töğri keladi.
BMT statistikasiga köra, 2021 yilda Özbekiston xorijga 4,1 mlrd dollarlik oltin sotgan. Bu qimmatbaho metall mamlakat eksportining 29 foizini taşkil etgan, deya ma’lumot bergan Fitch agentligi.
2022 yilning fevralidan Özbekiston eksport strukturasida oltinning uluşini keskin köpaytirgan. Yanvardan mart oyigaça Özbekiston xorijga 2,9 mlrd AQŞ dollariga oltin sotgan, asosan uzoq xorij davlatlariga. Qimmatbaho metall umumiy eksport hajmining 52 foizini taşkil etgan, deb xabar beradi SNG.Today Özbekiston davlat statistika qömitasi ma’lumotiga tayangan holda.











