Rossiya Polşaga tabiiy gaz yetkazib berişni töxtatdi, deb xabar berdi «Onet» naşri. Gap ikki tomonlama Yamal şartnomasi doirasidagi majburiyatlar töğrisida bormoqda.

Qayd etilişiça, mamlakat milliy iqlim vazirligida mavjud vaziyatni muhokama qiliş va yeçim topiş böyiça krizis guruh şakllantirilgan.

26 aprel kuni Polşa hukumati «Gazprom»ga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi. Hukumat mustaqil harakatlanişga qaror qilgan va Yevroittifoq sanksiyalaridan alohida çeklovlar kiritgandi.

Sanksiyalar EuroPol Gaz — «Gazprom» va Polşaning PGNiG kompaniyalari qöşma korxonasiga nisbatan joriy etilgan.

Rossiya va Polşa örtasidagi Yamal şartnomasi 1996 yilda tuzilgandi. Şartnomada gazni avvaldan belgilangan narxda yetkazib beriş közda tutilgan va u 2022 yilda nihoyasiga yetadi.

Avvalroq Polşaning Gaz-System gaz tarmoqlari operatori rahbari Tomaş Stempen mamlakat gaz tizimi şarqiy yönalişdan gaz olişni töxtatişga tayyorligini aytgandi.