
Dastlab, keça 29 aprel kuni martabali mehmonni Norov Toşkent xalqaro aeroportida kutib oldi va qisqa suhbatda tomonlar taşrif kun tartibidagi asosiy masalalar va rejalaştirilgan uçraşuvlar böyiça fikr almaşdi.
Şundan söng, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yaponiya taşqi işlar vaziri Yoşimasa Xayasini qabul qildi.
Uçraşuvda köp qirrali Özbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Ma’lum qilinişiça, Yaponiyaning rivojlaniş va hamkorlik institutlarining moliyaviy mablağlari iştirokidagi qöşma dasturlar portfeli 7 milliard dollardan oşgan.
Özaro savdo hajmi esa talab yuqori bölgan sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarining yangi turlarini yetkazib beriş hisobiga oşib bormoqda.
Şavkat Mirziyoyev oliy darajadagi samarali muloqotlarni davom ettiriş muhim ekanligiga töxtalib, Yaponiya Boş vaziri Fumio Kisidaga Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keliş taklifini yana bir bor tasdiqladi.
Bir neça soatdan keyin Taşqi işlar vazirligida Vladimir Norov yaponiyalik hamkasbini qabul qildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Yoşimasa Xayasi Özbekistonga taşqi işlar vaziri sifatida sönggi 12 yilda ilk marotaba taşrif buyurayotganini ta’kidlagan.
Vladimir Norov Özbekiston tomoni umumiy mentalitet, an’ana va qadriyatlar asosida alohida işonç va özaro hamjihatlik kasb etgan Yaponiyani yaqin döst va vaqt sinovidan ötgan hamkor sifatida bilişini ta’kidladi.

Uçraşuvda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti samaradorligini transport-logistika borasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş, şuningdek, ekologiya, ta’lim, fan va soğliqni saqlaş sohalari böyiça qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş orqali yuksaltiriş muhimligi qayd etildi. Afğonistonda yuzaga kelayotgan vaziyatga alohida e’tibor qaratilib, afğon xalqiga gumanitar yordam körsatişni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.

TIVda ötgan uçraşuvda Özbekiston tomonidan, şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Xalq ta’limi, Transport, Turizm va madaniy meros vaziri örinbosarlari ham qatnaşdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bugun Yaponiya boş diplomati Toşkentning bir qança diqqatga sazovor joylariga taşrif buyurişi kutilmoqda.











