Ukraina tomonining bayonotlari

Volodimir Zelenskiy özining odatiy tungi murojaatnomasida yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga yangi sanksiyalar paketi qöllanişi kutilayotganini aytib ötdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.gov.ua

«Bu paketda Rossiyaning energiya resurslaridan daromad körişini çeklaş borasida aniq qadamlar bölişi kerak. Terrorçi-davlatga qazib olinuvçi yoqilğilar uçun kuniga milliard yevro berilmasligi kerak. Bir vaqtning özida keyingi sanksiya qadamlariga ham tayyorlaniş lozim. Har qanday holatda, Rossiya bilan barça eksport-import operatsiyalarini çeklaşga töğri keladi. Busiz Moskvadagilar xalqaro huquq va Yevropadagi tinçlikni hurmat qiliş kerakligini aslo tuşunmaydi», — degan Zelenskiy.

Zelenskiy Yunonistonning ERT telekanaliga bergan intervyusida Rossiya TIV rahbari Lavrovning muzokaralarda Rossiyadan sanksiyalar yeçilişi masalasi ham muhokama qilinayotganini rad etdi.

«Sanksiyalarni yeçiş masalasi kötarilgani yöq, kötarilişi mumkin ham emas... Uruş hali tugagani yöq, biz öz hududlarimizni qaytarib olmadik. Taassufki, Rossiya hamon bizning tuproğimizda va bosim qilişda davom etmoqda. Heç narsa tugamadi. Men sanksiyalar yeçilişi masalasi kötarilayotganidan hayronman», — degan Zelenskiy.

Zelenskiy şuningdek, 2014 yili joriy etilgan sanksiyalar juda yumşoq bölgani, şu sababli Rossiya keng miqyosli bosqinçilik haqida öylaşga şaroit yaratganini aytgan.

Ukraina Mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov NV naşriga bergan intervyusida Moskva Rossiyada mobilizatsiya boşlanişini 9 may kuni e’lon qilinişini aytdi.

Ukraina Mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov. Foto: UA|TV

«Rossiya allaqaçon yaşirin mobilizatsiyaga ötgan, yaqin kunlarda oçiq mobilizatsiyani e’lon qiladi. Ayni paytda Rosrezerv ularda aslida qança odam borligi, mobilizatsion naryadlar böyiça nimalar berişi mumkinligini hisob-kitob qilmoqda. Bu çinakam mobilizatsiya oldidan mutlaqo zarur qadam», — degan Budanov.

Ukraina qurolli kuçlari birlaşgan operatsiyasi ötgan sutka içida erişilgan muvaffaqiyatlar haqida quyidagiça ma’lumot bermoqda (eslatib ötamiz, uruş davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekşirişning imkoni yöq):

  • Duşmanning 12 ta hujumi muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.
  • 6 ta tank, 5 ta artilleriya tizimi, 22 ta harbiy zirhli texnika, bitta harbiy maxsus maşina va 8 ta avtomobil yöq qilingan.
  • Havo hujumidan mudofaa bölinmalari Donbass osmonida «Orlan-10» tipidagi 5 ta pilotsiz uçar qurilmalarni urib tuşirgan.

Harbiy havo kuçlari qömondonligining ma’lumotlari:

  • «Forpost» tipidagi bitta va «Orlan-10» tipidagi 7 ta pilotsiz uçar qurilmalar urib tuşirilgan.

«Sxid» («Şarq») tezkor-taktik guruhining ma’lumotlari:

Rossiya qöşinlari 6 ta hujum uyuştirgan. Duşmanning yöqotişlari:

  • Şaxsiy tarkib — 75; tanklar — 2; BMP — 6; Jangovar zirhli maşina — 5; artilleriya taktik nuqtalari — 1, minomyot hisoblari — 2, pilotsiz uçar qurilma — 4, maxsus texnika — 1.

«Pivden» («Janub») tezkor qömondonligi ma’lumotlariga köra Qora dengizdagi Zmeiniy oroli yaqinida Rossiyaning ikkita harbiy kateri «Bayraktar TB-2» harbiy droni vositasida yöq qilingan.

Rossiya tomonining bayonotlari

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Italiyaning Mediaset telekompaniyasiga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy neonatsistik unsurlarga ular uşlab turgan fuqarolarni qöyib yuboriş va qarşilik körsatişni bas qiliş haqida buyruq berişi Rossiya talablaridan biri ekanligini aytgan.

Şu intervyuda Lavrov Moskva Kiyevdagi rejimni özgartirişni maqsad qilmaganini, bunaqa işlar bilan faqat AQŞ şuğullanişini aytib ötgan. RF TIV rahbari şuningdek, AQŞ raketa hujumida mudofaa tizimi Rossiyaga qarşi qaratilgani sababli Rossiya gipertovuşli qurol yaratişga majbur bölganini ham ta’kidlagan.

«Azovstal» hududidan tinç aholi vakillarining evakuatsiya qilinişi. Foto: unn.com.ua

Rossiya Mudofaa vazirligi 30 apreldan boşlab Mariupol şahridagi «Azovstal» zavodi hududi va unga yaqin uylardan 36 kişi çiqarilgani, 1 may kuni zavod hududidan yana 80 ta fuqaro çiqarib olinganini ma’lum qildi. Ularning 69 nafari Ukraina nazorati ostidagi hududlarga ketiş istagini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus vakili Igor Konaşenkovning tungi brifingida e’lon qilingan ma’lumotlar (eslatib ötamiz, uruş davrida e’lon qilingan ma’lumotlarni mustaqil manbalar orqali tekşirişning imkoni yöq):

  • Havoda bazalaşgan yuqori aniqlikdagi raketalar bilan kun davomida Ukrainaning 36 ta harbiy obektiga zarba berilgan;
  • Majyevaya aholi punkti yaqinida 4 ta «S-300» ZRK öt oçiş qurilmalari, razvedka radiolokatsion va nişonga oliş stansiyasi yöq qilingan;
  • Dnepropetrovsk oblastdagi Pokrovskoye aholi punktida raketa-artilleriya qurol-yaroğlari va öq-dorilari ombori yöq qilingan;
  • RF harbiy kosmik kuçlarining tezkor taktik va armiya aviatsiyasi tomonidan Ukraina QKning 13 ta tayanç punktlari hamda jonli kuçlari va harbiy texnikalari jamlanmasiga zarba berilgan;
  • Ukraina armiyasining 170 dan ortiq askari, 36 ta harbiy texnikasi yöq qilingan;
  • Raketa qöşinlari Ukraina QKning 2 ta boşqaruv punkti, jumladan, 93-mexanizatsiyalaşgan brigadasiga, 4 ta jonli kuçlar va harbiy texnikalari jamlanmasiga zarba bergan;
  • Izyum, Topolskoye va Malaya Kamişevaxa 5 ta «Smerç» reaktiv snaryadlari töxtatib qolingan.

Ukrainaga kömak

Juma kunigaça AQŞ Ukrainaga yana 5000 dona tanklarga qarşi Javelin raketalarini yetkazib beradi, dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi. YouTube’dan skrinşot

AQŞ Ukraina uçun ajratilgan gaubitsalarning 80 foizini yetkazib berişga muvaffaq bölgan. 170 dan ortiq ukrainalik harbiylar AQŞ gaubitsalaridan foydalaniş böyiça maşğulotlarni ötagan, yana 50 dan ortiği maşğulotlarni tugatmoqda, deya xabar bergan AQŞ Mudofaa vazirligi.

Pentagon xabariga köra, ötgan sutkada AQŞ Ukrainaga 14 ta harbiy yordam yuklari ortilgan samolyotlarni jönatgan. Yana 23 ta reys 5 ta boşqa davlatlardan kelgan.

Polşa hukumati Ukrainaga 232 ta T-72 tanklari, birvarakayiga öt oçiş reaktiv tizimlari, pilotsiz uçar qurilmalar, öziyurar gaubitsalar yetkazib bergan, deyiladi Visegrad24 naşri xabarida.

Ukraina Butunjahon bankining 495 million yevroga teng grantini qabul qilib oldi.

Buyuk Britaniya Ukrainaga 300 mln funt-sterling (375 mln AQŞ dollari) miqdorida yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi — Dauning-strit.

Sanksiyalar va Rossiyaning qarşi çoralari

Germaniyaning ZDF naşri xabariga köra, Avstriya, Vengriya va Slovakiya Rossiya nefti embargosiga veto qöyiş huquqini qaytarib olişgan. Şunday qilib, Yevropa Ittifoqida Rossiya nefti embargosiga qarşi çiquvçi birorta davlat qolmadi.

Jumladan, Avstriya energetika vaziri Leonore Gevessler uning mamlakati Rossiya neftiga qarşi qöllanadigan embargoga qarşi emasligini bildirgan.

Biroq, Vengriyaning Origo.hu axborot portalining yozişiça, Vengriya Rossiya nefti va gazining Yevropa ittifoqiga yetkazib berilişiga taqiq joriy etişga qarşi çiqadi.

Mana şunday pozitsiyalar sababli Vengriya boş vaziri Viktor Orban Ukrainaning «Mirotvorets» sayti tomonidan tuziladigan Kiyev rejimi duşmanlari röyxatiga kiritilgan.

Hindistonning Tata Steel pölat erituvçi kompaniyasi Rossiyadan kömir sotib olişni bas qiladi — Financial Times.

Finlandiyaning Fennovoima loyiha kompaniyasi Rosatom bilan «Hanhikivi-1» atom elektr stansiyasi qurilişi böyiça tuzilgan şartnomani buzişini e’lon qildi.

UYeFA Rossiyaning 2028 va 2032 yillardagi futbol böyiça Yevropa çempionatini ötkaziş böyiça arizasini nomaqbul deb topdi. Şuningdek Rossiya futbol klublari 2022-23 yillardagi yevrokuboklar mavsumida qatnaşmaydigan böldi. Rossiya milliy jamoasi 2022-23 mavsumdagi Millatlar ligasida qatnaşişdan çetlatildi. Rossiya ayollar milliy jamoasi Yevro-2022 dan çetlatildi, uning örniga Portugaliya milliy jamoasi qatnaşadigan böldi.

Rossiya tomonidan Qora dengizdagi portlari bloklangan Ukraina ön millionlab tonna ğallasidan ayrilişi mumkin. Bu butun jahonda oziq-ovqat inqirozini keltirib çiqaradi. Bu haqda Volodimir Zelenskiy Avstraliyaning Nine Network telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

AQŞ Moliya vazirligi GAZPROM Germania GmbH bilan 2022 yilning 30 sentabriga qadar tranzaksiyalarga ruxsat beruvçi litsenziyani e’lon qilgan.

«Gazprom» 2022 yilning dastlabki 4 oyi içida gaz qazib çiqarişni 2,5 foizga — 175,4 mlrd kub metrgaça qisqartirgan. Uzoq xorij davlatlariga eksport 4 oy içida qariyb 27 foiz — 50,1 mlrd kub metrgaça qisqargan.

Xalqaro hamjamiyatning munosabati

GFR kansleri Olaf Şols prezident Ştaynmayyerga körsatilgan iltifotsizlik tufayli Ukrainaga borişni istamayapti. Aprel oyida Zelenskiy Rossiya bilan öta yaqin aloqalari tufayli Frank-Valter Ştaynmayyerning Kiyevga kelişini istamagan edi. Şolsga köra, bu Germaniya uçun «çinakam larza» bölgan, deya RBB xabarini keltiradi KP.

Germaniya Ukrainaga agar boşqa davlatlar ham şunday yöl tuta boşlasagina tanklar yetkazib beradi, dedi Olaf Şols Bild am Sonntag naşriga bergan intervyusida.

GFR kansleri Olaf Şols. Foto: spiegel.de

«Men öz qarorlarimni juda tez qabul qilaman va ularni ittifoqçilarimiz bilan muvofiqlaştiraman. Lekin men Germaniyaning şoşilinç va bir tomonlama harakatlariga doimo şubha bilan qarayman», — degan Şols.

Kanslerning sözlariga köra, qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça işlar «yo hamma, yo heç kim» prinsipi böyiça bölişi kerak.

BMT ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 24 fevralidan 1 mayiga qadar BMT Ukrainadagi tinç aholi vakillari orasida 6469 nafar qurbonlarni röyxatga olgan: asosan aviazarbalar va öt oçişlar natijasida 3153 kişi öldirilgan (226 nafari bolalar), 3316 kişi yaralangan (319 nafari bolalar). Real yöqotişlar karrasiga köproq.

Ukrainada uruş boşlanganidan buyon 5,5 million qoçoqlar qöşni davlatlarga çiqib ketgan. Sönggi ikki kunda ularning soni 70 mingga köpaygan, deb xabar beradi BMTning qoçqinlar böyiça oliy komissari boşqarmasi.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi hisobotiga köra, Rossiya Ukrainada 120 dan ortiq taktik batalon guruhlarini işga solib bölgan. Bu Rossiyaning yer ustidagi jangovar kuçlarining uçdan ikki qismi degani. Har bir guruhda 700-800 nafar atrofida askar böladi.

Amerikaliklarning katta qismi AQŞ Ukraina tufayli Rossiya bilan oçiqdan oçiq töqnaşuvni boşlaşini istamaydi. Biroq, aksilrossiya sanksiyalarining qat’iylaşişini qöllab-quvvatlaşadi. Bu The Washington Post gazetasida çop etilgan jamoatçilik fikri sörovi ma’lumotlarida aks etgan.

Finlandiya NATOga a’zo böliş böyiça qarorni 12 may kuni qabul qiladi, deb yozadi finlarning Iltalehti naşri.

Ukrainada ğolib tomon bölmaydi, har ikki tomon yöqotişlarga duçor böladi, şu sababli Hindiston muloqot va inqirozni tinç yöl bilan hal qilişga çaqiradi, degan Hindiston boş vaziri Narendra Modi.