Prezident “Içki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Turizm va madaniy meros vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Suv xöjaligi vazirligining “Özbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori böylab avtomagistral yöllari va yöl böyidagi infratuzilma holatini örganiş böyiça işçi guruhi takliflariga muvofiq, belgilangan tartibda Turizm transport koridori böylab yer uçastkalarini realizatsiya qiliş va avtomagistral yöllari böylab zamonaviy standartlarga javob beradigan “Karvonsaroy”larni taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Belgilanişiça, Turizm transport koridori böylab turizm xizmatlari yölga qöyiladigan obektlar Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Quriliş vazirligi tomonidan işlab çiqiladigan va tasdiqlanadigan namunaviy loyihalar asosida barpo etiladi. Bunda:

  • har bir “Karvonsaroy”ning taşqi körinişi an’anaviy arxitektura va uşbu hududning öziga xosligini inobatga olgan holda işlab çiqilişi;
  • har bir “Karvonsaroy”da turizm xizmatlari, hunarmandçilik va mahalliy qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, şu jumladan, elektromobillarga xizmat körsatiş şoxobçalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena şoxobçalarining mavjud bölişi;
  • “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir “Karvonsaroy” atrofida daraxt va buta köçatlarini ekiş nazarda tutiladi.

Turizm va madaniy meros vazirligi Quriliş vazirligi, Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy “Karvonsaroy”larni taşkil etiş böyiça manzilli röyxatni şakllantiradi va tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.