Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda DXX Sirdaryo viloyat boşqarmasi tezkor vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda Sirdaryo tumani hududidan ötuvçi M-39 yölidan harakatlanib kelayotgan Oqoltin tumanida yaşovçi, A.F. boşqaruvidagi Lacetti maşinasi töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiriş jarayonida maşinaning old örindiği tag qismida 111 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Dastlabki suriştiruvda A.F. mazkur marixuana giyohvandlik moddasini Sayxunobod tumanida yaşovçi fuqaro S.Ş. dan 2 million sömga sotib olganligi aniqlangan.
Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, S.Ş.ning xonadoni xolislar iştirokida tekşirilganda, u yerdan gugurt qutilari va sellofan paketçalarga solingan gaşiş, marixuana va uning uruğlari, elektron tarozi, xonadon yertölasidan 2 ta polietilen qopga joylangan marixuana topilgan. Bundan taşqari, 8 tup, uzunligi 5-10 sm bölgan agrotexnik işlov berilgan naşa giyohvandlik ösimliklari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilişiça, tezkor tadbir davomida jami 13 kilogramm 879 gramm marixuana va 1,68 gramm gaşiş giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












